Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya chempioni Shomurodovdan umidini uza olmayapti

Turkiya chempioni Shomurodovdan umidini uza olmayapti

Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga qator klublardan qiziqish bo‘lmoqda.

Ular orasida Turkiya chempioni «Galatasaroy» jamoasi o‘zbek hujumchisidan umidini uza olmayapti.

Turkiyaning fotomac.com.tr nashrining xabar berishicha, klub direktorlari kengashi raisining o‘rinbosari Erden Timur «Roma» klubi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, Shomurodov transferini muhokama qilgan. «Galatasaroy» o‘zbek futbolchisini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Turkiya futbol federatsiyasining qaroriga ko‘ra, turkiy mamlakatlar futbolchilari bundan buyon legioner hisoblanmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring