Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Turon» klubi bosh murabbiyi va prezidenti jazolandi

«Turon» klubi bosh murabbiyi va prezidenti jazolandi

Foto: «Turon» klubi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishida «Turon» klubi murabbiyi Islombek Ismoilov «So‘g‘diyona» klubiga qarshi bahsdan keyingi rasmiy flesh-intervyu chog‘ida so‘kingan holda, etika normalarini buzganligi uchun 2 ta o‘yinga chetlatildi. U hakamlarning qing‘ir ishlari haqida gapirgandi.

Shuningdek, «Turon» klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliyevni mazkur bahsdan keyingi flesh-intervyu chog‘ida o‘z fikrlarini qo‘pol tarzda bildirgani uchun jarimaga tortish belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘FA holatni o‘rganib chiqib, bosh hakam Viktor Serazitdinovni hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring