Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

U-20 Jahon chempionati. O‘zbekiston bugun ikkinchi o‘yinini o‘tkazadi

U-20 Jahon chempionati. O‘zbekiston bugun ikkinchi o‘yinini o‘tkazadi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bugun jahon chempionatidagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi.

Ravshan Haydarov shogirdlari Yangi Zelandiya bilan bahs olib boradi. Uchrashuv soat 23:00da boshlanadi. Bahs «O‘zreport» kanalida namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining birinchi turida O‘zbekiston yoshlari mezbonlarga kichik hisobda mag‘lub bo‘lishgandi. Yangi Zelandiya esa birinchi turda Gvatemalani 1-0 hisobida yengib, uch ochkoga ega bo‘lgan.

Guruhning ikkinchi uchrashuvi Gvatemala — Argentina o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring