Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UEFA Chempionlar ligasining ramziy terma jamoasini tuzdi

UEFA Chempionlar ligasining ramziy terma jamoasini tuzdi

Foto: «TODAY Sport»

UEFA rasmiy saytida Chempionlar ligasining 2021/2022-yillar mavsumi ramziy terma jamoasi e’lon qilindi.

Ramziy terma jamoaga finalda to‘p surgan «Real» va «Liverpul»ning to‘rttadan, shuningdek, «Chelsi», «Pari Sen-Jermen» va «Manchester Siti»ning bittadan futbolchisi kiritildi.

Mavsum jamoasi sportchilarning shaxsiy ko‘rsatkichlarini baholagan texnik kuzatuvchilar tomonidan shakllantirildi.

Darvozabon: Tibo Kurtua («Real»);

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Endi Robertson (hammasi — «Liverpul»), Antonio Ryudiger («Chelsi»);

Yarimhimoyachilar: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Fabino («Liverpul»), Luka Modrich («Real»);

Hujumchilar: Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen»), Karim Benzema («Real»), Vinisius Junior («Real»).

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi finalida «Real» 1:0 hisobida «Liverpul»ni yengib, 14-marta Yevropa chempioniga aylangandi. Yagona golni 59-daqiqada Vinisius Junior kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring