Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UEFA Millatlar ligasi finali qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

UEFA Millatlar ligasi finali qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

UEFA Millatlar ligasining navbatdagi finaliga Niderlandiya mezbonlik qiladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi (KNVB) Rotterdam va Ensxede shaharlarini final o‘yinlari mezbonlari sifatida taqdim etdi. Yarimfinallar 2023-yilning 14 va 15-iyunida, uchinchi o‘rin uchun va final o‘yini esa 2023-yilning 18-iyunida o‘tkaziladi.

«Yarimfinal juftliklari 2023-yil yanvarida Nyon shahridagi qur’ada aniqlanadi, o‘yinlarning sanasi va vaqti o‘rnatilgan tartibda belgilanadi. Final o‘yinlarida Niderlandiya, Xorvatiya, Italiya va Ispaniya terma jamoalari ishtirok etadi», — deyiladi tashkilot xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring