Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UEFA Superkubogi. «Bavariya» klubi «Sevilya»ni qiyinchilik bilan yengdi (video)

UEFA Superkubogi. «Bavariya» klubi «Sevilya»ni qiyinchilik bilan yengdi (video)

Foto: Uefa.com

Budapeshtdagi «Pushkash-Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan UEFA Superkubogida YChL g‘olibi «Bavariya» Yevropa ligasi chempioni «Sevilya»ni qiyinchilik bilan taslim etdi. 

O‘yinning birinchi taymida Okamposning goliga evaziga «Sevilya» hisobda oldinga chiqib oldi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, «Bavariya» Goretskaning goli bilan javob qaytardi. Ikkinchi taymda ham kuchlar teng kelib, gol kiritilmadi va bahs taqdiri qo‘shimcha bo‘limlarda hal qilinadigan bo‘ldi.

Qo‘shimcha bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Xavi Martines gol urib, myunxenliklarga g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa «Bavariya» o‘z tarixida ikkinchi bor UYeFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Bavariya – Sevilya 2:1

Gollar: Goretska (34), Xavi Martines (104) – Okampos (13, penalti).

Bavariya – Noyer, Alaba (Boateng, 112), Ernandes (Devis, 99), Pavar, Zyule, Myuller, Kimmix, Gnabri, Goretska (Martines, 99), Sane (Tolisso, 70), Levandovski.

Sevilya – Bunu, Eskudero, Kunde, Diyego Karlos, Navas, Rakitich (Oliver Torres, 56), Jordan (Vaskes, 94), Suso (Gudel, 73), Fernando, Okampos, de Yong (En-Nesiri, 56).

Ogohlantirishlar: Alaba (12) Jordan (45+1), Kunde (55), Fernando (70), Ernandes (90+1),

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring