Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uels Ukrainani yengib JCh-2022ga yo‘l oldi

Uels Ukrainani yengib JCh-2022ga yo‘l oldi

Foto: «UA-Football»

Qatardagi jahon chempionati (Qatar-2022) finali yo‘llanmasi uchun Ukraina va Uels terma jamoalari kurash olib bordi.

Yagona gol uelsliklarga g‘alaba keltirdi: 34-daqiqada Garet Beylning jarima zarbasini qaytarishga uringan Yarmolenko boshi bilan o‘z darvozasini nishonga olib qo‘ydi (avtogol).

Xuddi shunaqa «kallali» gol O‘zbekiston terma jamoasini ham bir paytlar JCh ostonasidan ortga qaytargandi...

Ukraina qatorasiga 4-marta JChga borish imkoniyatini yo‘qotdi, Uels esa 1958-yildan beri birinchi marta mundialda qatnashadi: AQSh, Eron va Angliya guruhining 4-a’zosiga aylandi.

Ushbu o‘yin mart oyida o‘tkazilishi kerak edi, biroq Rossiya armiyasining Ukraina hududiga kirishi tufayli kechiktirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring