Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ugandalik futbolchi jamoadoshlari tomonidan kaltaklanganidan so‘ng vafot etdi

Ugandalik futbolchi jamoadoshlari tomonidan kaltaklanganidan so‘ng vafot etdi

Foto: «Daily Monitor», Jimmi Patrik Okema

Ugandada futbolchi o‘yin paytida xato qilgani uchun jamoadoshlari tomonidan kaltaklandi, deb xabar berdi mahalliy «Daily Monitor» nashri.

Hodisa mamlakat shimolidagi Lamvo okrugida ikki mahalliy jamoa o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng sodir bo‘ldi. Markaziy himoyachi pozitsiyasida to‘p surgan 22 yoshli Cherchill Ovasi xatoga yo‘l qo‘yadi va bu gol bilan yakunlanadi. Shundan so‘ng jamoadoshlari unga tashlanib, do‘pposlashadi.

Mahalliy hukumat vakili Denis Ononning so‘zlariga ko‘ra, o‘yindan so‘ng Ovasi unga hujum qilgan o‘yinchilardan birini velosipedda ketayotganda itarib yuborgach, o‘rtada janjal kelib chiqqan. Mushtlashuv oqibatida Ovasi yiqilib tushgan. Tezda shifoxonaga yetkazilganiga qaramay, bir necha soatdan so‘ng shifokorlar uning vafot etganini ma’lum qilishdi.

Huquqni muhofaza qilish organlari Ovasi o‘limi bo‘yicha tergov harakatlarini boshlab yuborishdi. Ikki nafar gumonlanuvchi hibsga olingan. Ular sud qilinadigan bo‘ldi, deya aniqlik kiritdi politsiya vakili Jimmi Patrik Okema.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring