Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Turkiyada o‘tayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarida yengil atletikachilarimiz uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish va yugurish bahslarida sovrinli o‘rinlarni egallashdi

«O‘zbekneftgaz»: Turkiyada o‘tayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarida yengil atletikachilarimiz uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish va yugurish bahslarida sovrinli o‘rinlarni egallashdi

Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarida 56 mamlakatidan tashrif buyurgan atletlar qatorida o‘zbekistonlik yengil atletikachilar ham sovrinli o‘rinlar uchun bellashishmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbari Mehriddin Abdullayev ushbu musoboqada ishtirok etayotgan atletlarimizning holati va kutilayotgan natijalar, ularning kayfiyati hamda muvaffaqiyatli ishtirok etishlari borasida terma jamoa murabbiylari bilan suhbatlashib,  sportchilarimizning g‘alabasi ularning izdoshlari uchun motivatsiya bo‘lishi, shu sabab imkon qadar sovrinli o‘rinlarni egallash lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Sportchilar esa musoboqaning dastlabki kunlaridagi ishtiroklarining o‘zidayoq, ijobiy natijalar qayd etib sport ishqibozlariga xursandchilik ulashishmoqda.

Jumladan, uzunlikka sakrash bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan sportchimiz Roksana Xudoyorova 6.32 metrlik natija bilan bronza medalga egalik qildi.Ushbu dasturda qatnashgan yana bir yengil atletikachimiz Darya Reznichenko ham 6.28 metr natija bilan kuchli beshlikdan joy egalladi.

Yengil atletikachilarning yana bir g‘alabasi esa Nargiza Qo‘chqorava tomonidan qo‘lga kiritildi. U nayza uloqtirish musoboqasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib 56.08 metr natijani qayd etdi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Islom birdamlik o‘yinlaridagi ushbu yo‘nalishda bahslarda ishtirok etgan  vakilamiz Musharrafxon Saidahmedova 56.06 metr natija bilan to‘rtinchi o‘rinni band etdi.

Konya-2021o‘yinlarida yengil atletikachilar safida 400 metr masofaga yugurish dasturida qatnashgan Farida Soliyeva o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi.

Farida Soliyeva 54.07 natija bilan marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va 21 yoshli sportchimiz musoboqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi hamda o‘z faoliyati eng yaxshi ko‘rsatkichini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Konya-2021 V Islom birdamligi o‘yinlari 18 avgustga qadar davom etadi.

«O‘zbekneftgaz» Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring