Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston OTJ futbolchilarini final yo‘llanmasi bilan tabrikladi

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston OTJ futbolchilarini final yo‘llanmasi bilan tabrikladi

Foto: O‘FF rasmiy sayti

O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov U-23 Osiyo chempionatida yarim finalida ajoyib o‘yin namoyish qilib, Janubiy Koreyani 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini final yo‘llanmasi bilan tabrikladi.

Uchrashuvni Parijdan tomosha qilishimizga to‘g‘ri keldi. Toshkentga qaytishimiz oldidan yigitlarimizning tarixiy natija qayd etib, finalga yo‘l olgani — kayfiyatimizni ko‘tarib yubordi.

Biroq bu hali hammasi emas. Ko‘zi yonib turgan futbolchilarimiz finalda ham shunday tempda to‘p surib, qit’a chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishlariga ishonaman.

Natijadan juda xursandman. Bu tasodifiy g‘alaba emasligi kishini ikki karra xursand qiladi. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, yigitlarimizda ishtiyoq juda baland. Bu futbolchilarimiz uyg‘onayotganidan darak bo‘lsa, ajab emas. Axir biz Yaponiya, Janubiy Koreya kabi termalarni yirik hisoblarda mag‘lub etmoqdamiz.

Ba’zida shunday, muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol o‘ynab, yakunda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham olqishlanadi. Muhimi, futbolni yurakdan o‘ynash. Men so‘nggi ikki bellashuvda shuni ko‘rdim.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring