Umid Ahmadjonov van Basten, Luish Figu kabi afsonalar bilan futbol o‘ynadi (foto)

Bugun FIFA prezidenti Janni Infantino tashabbusi bilan konfederatsiyalar o‘rtasida o‘ziga xos o‘rtoqlik turniri tashkil qilindi. Unda tashkilotga a’zo barcha konfederatsiyalar vakillari, jumladan UEFA, CONCACAF, AFC, OFC, CAF, CONMEBOL, hamda JCh tashkiliy qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.

O‘FA rasmiy saytida yozilishicha, musobaqada dunyo futboli yulduzlari, jumladan uch karra «Oltin to‘p» sohibi Marko van Basten, Portugaliya futboli afsonasi Luish Figu, sobiq referi Perluiji Kollina kabi mashhurlarni ham uchratish mumkin edi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo futbol konfederatsiyasi tarkibida yuqorida sanab o‘tilgan futbol yulduzlariga qarshi maydonda to‘p surdi. Uchrashuv yakunlangach, har doimgidek, Umid Ahmadjonov futbol yulduzlari bilan esdalik uchun suratga tushdi.

Mazkur turnir davomida MOQ rahbari JCh-2018 tashkiliy qo‘mitasi rahbari, Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich bilan ham uchrashgan.
Bilasiz, JCh-2018 bahslari 14-iyun kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida boshlanadi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter