Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uotford»ga taniqli murabbiy tayinlandi

«Uotford»ga taniqli murabbiy tayinlandi

Angliyaning «Uotford» jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga taniqli murabbiy Roy Xojson tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 74 yoshli mutaxassis jamoaga mavsum oxiriga qadar yordam beradi. Xojson kecha klubdan ketgan Klaudio Raneri o‘rniga tayinlandi. Uning oxirgi ish joyi «Kristal Pelas» edi, 2021 yil yozida ishdan ketgandi.

«Uotford» jamoasi ayni paytda Angliya chempionati jadvalida 20 ta o‘yinda 14 ochko jamg‘arib, 19-o‘rinda bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring