Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Useyn Bolt futbolda debyut qildi

Useyn Bolt futbolda debyut qildi

Foto: «twitter.com/strmsgodset»

Yugurish bo‘yicha jahon rekordchisi hisoblangan Useyn Bolt Norvegiyaning «Stryomsgodset» klubi safida futbolchi sifatida debyut qildi, deb xabar bermoqda «sports.uz».

Yamaykalik atlet Norvegiya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsining 71-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Bolt bundan avval Dortmundning «Borussiya» klubi safida mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring