Vadim Abramov yana bosh murabbiylikka qaytdi
Bugun, 9 avgust kuni Superligada ishtirok etuvchi Samarqandning «Dinamo» klubida rahbariyat va jamoa a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
«Majlisda jamoaning Superligadagi qoniqarsiz natijalari sababli Andrey Shipilov o‘z arizasiga binoan klub bilan do‘stona xayrlashgani ma’lum qilindi. Klub rahbariyati va homiylari yangi bosh murabbiy sifatida taniqli mutaxassis, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq ustozi Vadim Abramov taklif etilganini e’lon qilib, futbolchilarga rasman tanishtirildi», — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, 59 yoshli mutaxassis hozirga qadar «Lokomotiv», «Neftchi» va «Bunyodkor» klublari, shuningdek, O‘zbekiston olimpiya va milliy terma jamoalarida faoliyat yuritgan. Vadim Karlenovich 2019-21 yillar davomida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. U so‘nggi bor JCh-2022 saralashi doirasidagi Saudiyaga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqarilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter