Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik «Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi» ijodiy tanlovi e’lon qildi

Vazirlik «Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi» ijodiy tanlovi e’lon qildi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, sport tadbirlari va musobaqalari, xalqaro arenalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar va ularning ustozlari, sport ta’lim muassasalari va inshootlari faoliyatini yoritishda faollik ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaydi.

Tanlovga ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 1 iyundan 2020 yil 31 mayga qadar e’lon qilingan ijodiy ishlar qabul qilinadi.

Tanlov yakunida 1, 2, 3-o‘rinni egallagan g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda ular diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

1-o‘rin sohibiga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida.

2-o‘rin sohibiga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida.

3-o‘rin sohibiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2020-yil 20-iyunga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Murojaat uchun telefon: (71) 239-24-37, (99) 482-52-12

Elektron manzil: info@minsport.uz

Tanlov g‘olib va sovrindorlari 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni arafasida taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring