Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlikdagi shaxmat-shashka musobaqalariga jahon chempioni keldi (foto)

Vazirlikdagi shaxmat-shashka musobaqalariga jahon chempioni keldi (foto)

Foto: Solijon Zoirov / Xabar.uz

Sport bilan muntazam shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish, xullas, sog‘lom turmush tarzini kundalik odatga aylantirishimiz zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Ishchi-xodimlarini sog‘lomlashtirishni yo‘lga qo‘ygan korxona va tashkilotlarni har qancha maqtasak oz.

2022-yilda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan bo‘lib, xodimlarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, bugun, 3-iyun kuni shaxmat va shashka bo‘yicha vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.

Qirqqa yaqin xodimlar ishtirok etgan musobaqalar murosasiz o‘tdi.

Shashka bo‘yicha 1-o‘rin Shahzod  Abdunazarov, 2-o‘rin Abror Rajabov, 3-o‘rin Laziz Rahmatovga nasib etdi.

Shaxmatda esa Fazliddin Anvarovga teng keladiganlar topilmadi. 2-o‘rinni Ibroxim Dushanov, 3-o‘rinni Shokir Qurbonov egalladi.

G‘olib va sovrindorlariga esdalik sovg‘alarini AKT vaziri Sherzod Shermatov topshirdi.

Dunyoning eng yosh grossmeysterlari qatoridan munosib o‘rin olgan, rapid yo‘nalishida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovning tashrifi esa musobaqa qatnashchilariga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

                                                                  Solijon Zoirov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring