Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vitaliy Denisov «Rotor»da faoliyatini davom ettiradi

Vitaliy Denisov «Rotor»da faoliyatini davom ettiradi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyatini «Rotor»da davom ettiradi.

«Rotor» — Rossiya chempionatida premer-ligadan so‘ng turuvchi FNLda ishtirok etadi. Klub 32 yoshli himoyachi bilan kelishuvga erishgan va Vitaliy Denisov bir mavsum «Rotor» sharafini himoya qiladi. Shartnomada ko‘rsatilishicha, ushbu muddat yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Vitaliy Denisov bunga qadar «Rotor» bilan birga Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etayotgan edi. U joriy mavsumda «Rubin» tarkibida 9 ta uchrashuvda maydonga tushgandi. Denisov qozonliklar tarkibidan erkin agent maqomida ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring