Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XXI asrning eng yaxshi futbolchisi kimligi ma’lum qilindi

XXI asrning eng yaxshi futbolchisi kimligi ma’lum qilindi

FourFourTwo nashri XXI asrning eng yaxshi 100 nafar futbolchisi ro‘yxatini e’lon qildi.

Reytingda birinchi o‘rinni «Barselona» va «PSJ»ning sobiq futbolchisi, hozirda AQShning «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi egalladi.

Ikkinchi o‘rinda Saudiyaning «Al-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu egalladi. Asrning eng kuchli uch nafar futbolchisini «Barselona»da o‘ynagan Andres Inesta yakunlab berdi. Ispaniyalik futbolchi hozirda BAAning «Emireyts» jamoasida to‘p suradi.

Reytingning to‘rtinchi o‘rnida «Barselona»ning sobiq futbolchisi, hozirda kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi joylashgan. Braziliyalik Ronaldino beshinchi o‘rinni egalladi. Zinedin Zidan esa oltinchi o‘rinni egalladi. Terri Anri yettinchi o‘rinda qayd etildi. Manuel Noyer, Kaka va Luis Suares kabi futbolchilar kuchli o‘nlikni yakunladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring