Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir o‘zbek o‘g‘loni Yevropa klubida to‘p suradi

Yana bir o‘zbek o‘g‘loni Yevropa klubida to‘p suradi

Foto: royalantwerpfc

20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Muhammadali O‘rinboyev Belgiyaning «Royyal Antverpen» klubi futbolchisiga aylandi. «Buyuk qariyalar» «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi Muhammadali O‘rinboyev Belgiya Pro ligasining «Royyal Antverpen» klubiga transfer qilindi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti ma’lum qildi.

Vinger bilan 4 yillik shartnoma imzolandi. «Xush kelibsan, omad, Muhammadali!», — deb yozdi klub matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 2005 yilda tug‘ilgan O‘rinboyev «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va jamoa bilan uch karra O‘zbekiston Superligasi (2021, 2022, 2023) va bir karra O‘zbekiston Superkubogi (2022) sohibi bo‘lgan.

U 2024 yil 31 yanvar kuni Angliya Premer ligasining «Brentford» jamoasiga yarim mavsumga ijaraga berilgandi.

O‘rinboyev, shuningdek, yaqinda bo‘lib o‘tgan U20 Osiyo kubogida to‘rtta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.

«Royyal Antverpen» — Belgiyaning Antverpen shahrida joylashgan professional futbol klubi, mamlakat futbolining yuqori esheloni bo‘lgan Belgiya Pro ligasida ishtirok etadi. 1880 yilda asos solingan klub mamlakatdagi eng qadimiy futbol klubi hisoblanadi. Laqablari — «Buyuk qariyalar», «Qizillar».

Jamoa besh marta Belgiya ligasi chempioni bo‘lgan va to‘rt marta Belgiya kubogini qo‘lga kiritgan. Yevropa miqyosida jamoa 1992−93 yillarda UEFA Kubok egalari kubogi finaliga chiqqan, 2023 yilda esa ilk bor Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring