Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana ikki bokschimiz Osiyo chempionatini tark etdi

Yana ikki bokschimiz Osiyo chempionatini tark etdi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final bellashuvida Hasanboy Do‘smatov mag‘lub bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Bu bosqichda yana ikki bokschimiz yutqazib qo‘ydi. -64 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov iordaniyalik Muhammad Alkasbexga, Dilshodbek Ro‘zmatov (-81 kg) esa qozog‘istonlik Bek Nurmaganbetga imkoniyatni boy berdi.

Bugungi kun dasturida faqat Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg) va Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) o‘z janglarida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdilar. Ular Xampxouvan Xamsatone (Laos) va Chatchai Budte (Tailand)ni mag‘lub etishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring