Yaponiyalik gubernator Ronaldu sabab ishdan haydalishi mumkin
Yaponiyalik gubernator Kengo Oishi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashishga urinishi tufayli o‘z lavozimidan haydalishi mumkin.
Nagasakilik amaldor iyul oyida Osakada bo‘lib o‘tgan «Al-Nasr» va «PSJ» o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvda tomoshabin sifatida ishtirok etgan va rasmiy tadbirni o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, Oishi o‘yinga tashrif buyurib, davlat budjetidan mablag‘ o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda.
«Hokim chiptani o‘z puliga sotib olganini da’vo qilmoqda, biroq turar joy va yo‘l xarajatlari davlat budjetidan olingan.
Uning ta’kidlashicha, tadbirdan maqsad Ronaldu bilan kelajakdagi reklama tadbiri bo‘yicha gaplashish edi.
Biroq ba’zi rasmiylar portugaliyalik hujumchi bilan hech qanday kelishuv bo‘lmaganini aytishmoqda», — deya xabar beradi Marca.
Avvalroq Saudiyaning «Al-Nasr»da o‘ynayotgan portugaliyalik superyulduz 2023 yilda yubiley golini urgan va to‘purarlar poygasida «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandga yetib olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter