Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil» hududlarda bolajonlar sport seksiyalariga kelishni boshladi (foto)

«Yashil» hududlarda bolajonlar sport seksiyalariga kelishni boshladi (foto)

Yurtimizga koronavirus pandemiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi qaroriga asosan 2020 yil 1 iyundan «yashil» hududlarda sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.

Joriy yil 4 iyundan boshlab Toshkent viloyatining «yashil» hududlar toifasiga kiruvchi Olmaliq shahridagi bolalar-o‘smirlar sport maktabida karantindan so‘ng ilk bor ayrim sport seksiyalari o‘z faoliyatini boshladi.

Olmaliq shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabi shahar sanitariya va epidemiologiya markazining ruxsati asosida hamda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda (muassasaga kirishda, tana haroratini o‘lchovchi pirometr vositasi orqali tekshiruvdan o‘tgach, mashg‘ulotlarda qatnashishga ruxsat etilmoqda) faoliyatini boshladi va kun davomida sport zali dezinfeksiya qilib turilmoqda.

Respublika bo‘ylab «yashil» hududlarda qaytadan faoliyatini boshlayotgan sport seksiyalari mutasaddilariga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 645-sonli buyrug‘ida ko‘rsatib o‘tilgan talablarga asosan, sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring