Nega ikki qo‘ling bo‘sh, Ronaldu?

«Manchester Yunayted» forvardi Krishtianu Ronaldu uchun bu mavsum o‘xshamadi — bittayam sovrini yo‘q. Jamoasi 0:1 hisobida «Everton»ga mag‘lubiyatga uchrab, APL chempionligi uchun kurashdan chiqib ketganidan so‘ng Ronaldu uchun bu achchiq haqiqatga aylandi.
Sevimli yetti raqamiga teng qolgan o‘yinlarni shunchaki o‘tkazish alamli...
31 o‘yin o‘tkazgan «MYu» jadvalda 7-o‘rinda, undan ochkolari 22 ta ko‘p «Manchester Siti» esa karvonboshi — bu mavsum «qizil iblislar» azaliy raqibiga raqib bo‘lolmadi.
«Manchester Yunayted»ga 2021-yil avgustida «Yuventus»dan o‘tgan Ronaldu oldingi mavsumda turinliklar bilan Italiya kubogini boshi uzra baland ko‘targan.
Joriy mavsumda «MYu» Angliya ligasi kubogidan uchinchi raundda «Vest Hem»ga yutqazib (0:1) chiqib ketdi.
Angliya kubogida esa to‘rtinchi raunddan uyog‘iga «Midlsbro» (1:1, 7:8 —penaltilar seriyasi bo‘yicha) o‘tkazmadi.
Mavsum yo‘qotilgani bilan oldinda — mundial, kim bilsin, Krishtianu Ronalduning Qatar-2022 rejasida nimalar bor?.. Balki...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter