Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlarimiz Koreyadan oltin medal bilan qaytishdi

Yoshlarimiz Koreyadan oltin medal bilan qaytishdi

Toshkent xalqaro aeroportida Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro turnirdan qaytgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi.

10-12 may kunlari Seul shahrida yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan CSIJ-B xalqaro turnirida 12 davlatdan 44 chavandoz Korea Racing Authority (KRA) kubogi uchun bahs olib borishdi. Musobaqada Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Tayvan, Filippin, Singapur, Malayziya va O‘zbekiston vakillari ishtirok etishdi.

Turnirning konkurchilar ishtirokidagi birinchi kungi bellashuvlarida o‘zbekistonlik chavandoz Firdavsbek Davronbekov King Class otida estafeta yo‘nalishida g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni tayvanlik chavandozlar Pen-Chen Chen va Amber erishdi. Uchinchi o‘rinni BAAlik sportchi Mabxout Alkabri va Xanva Loukaland qo‘lga kiritdi. 100 metr masofaga ot choptirish bo‘yicha BAA vakili Mabxout Alkabri va Xanva Lukaland g‘alaba qozondi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring