Yugurish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
![Yugurish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi](http://static.xabar.uz/crop/3/9/720_460_95_3968284180.jpg)
Britaniyalik yengil atletikachi Mo Fara yugurish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U bir soat ichida 21 330 metr masofani bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar berdi «TASS».
Fara Bryusselda Brilliant ligasi bosqichida jahon rekordini o‘rnatdi. Avvalgi natija efiopiyalik Xayle Gebreselassiyega tegishli edi. U 2007-yil 27-iyun kuni Ostrava Gran-prisida bir soatda 21 285 metrgacha yugurib rekord o‘rnatgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter