Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini yangi bosh murabbiy boshqaradi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini yangi bosh murabbiy boshqaradi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yaqin yillarda ham O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib kelgan Rustam Assakalov endi asosiy jamoa boshqaruviga o‘tadi. Uning oldiga sportchilarni Aichi-Nagoya – 2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli mutaxassis Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng sportchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Assakalov faoliyati davomida uchta Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, uning hisobida jahon chempionatlarining 1 tadan kumush va bronza, qit’a birinchiliklarining esa 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring