«Yuventus» Ronaldu ismi tushirilgan futbolkalardan qancha foyda ko‘rdi?

«Yuventus» klubi 2018-19 mavsumi oldidan, atributikalar savdosi haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.
«Tuttosport» xabar berishicha, klub futbolkalarning dastlabki partiyasini to‘liq sotib bo‘lgan. Hujumchi Krishtianu Ronalduning «Yuventus» klubiga o‘tganidan so‘ng, atributika savdosi chaqqonlashgan. 10-iyuldan 5-avgustga qadar «Yuventus» Ronaldu ismi tushirilgan 55 mingta futbolka sotgan, bu esa klubga 6,5 million yevro daromad keltirgan.
Futbolkalarning yangi partiyasi 2018-yilning sentyabr oyida sotuvga chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter