«Yuventus» Italiya kubogi finalida «Milan»ni tor-mor keltirdi
Bugun Rimdagi «Stadio Olimpiko» o‘yingohida Italiya kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatning ikki sovrindor klubi hisoblangan «Yuventus» va «Milan» jamoalari o‘rtasidagi bellashuv gollarga boy bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsizligi saqlab qolingan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda turinliklar raqibni ayab o‘tirishmadi. Milanliklar darvozasi jami 4 marotaba ishg‘ol etildi va «Yuventus» mmlakat kubogini qo‘lga kiritdi.
Yuventus – Milan 4:0 (0:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 56 Benatiya, 2:0 – 61 Duglas Kosta, 3:0 – 64 Benatiya, 4:0 – 76, avtogol Kalinich.
Yuventus – Buffon, Kuadrado, Bardzali, Benatiya, Matyuidi, Asamoa, Xedira, Pyanich (Markizio, 87), Duglas Kosta (Bernardeski, 73), Dibala (Iguain, 83), Manjukich.
Milan – Donnarumma, Bonuchchi, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Bonaventura, Lokatelli (Montolivo, 80), Chalxanoglu, Kessie, Suso (Borini, 68), Kutrone (Kalinich, 62).
Ogohlantirishlar: Duglas Kosta (61), Kalabriya (73).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter