Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yuventus» Andrea Pirlo bilan xayrlashdi

«Yuventus» Andrea Pirlo bilan xayrlashdi

Foto:«Juventus»

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiy Andrea Pirloni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Andrea Pirlo «Yuventus»ning sobiq futbolchisi hisoblanadi. U 2020-2021-yilgi mavsumda jamoani boshqardi, Italiya superkubogi va Italiya kubogi qo‘lga kiritdi. Shunga qaramay, A seriyadagi omadsizlik sabab Pirlo klub bilan faoliyatini to‘xtatdi.

«Maestro, ko‘rsatgan jasorati, fidoyiligi va ishtiyoqi uchun minnatdormiz. Kelajakdagi ishlarida omad tilaymiz»,— deyiladi xabar so‘nggida.

Insayderlarga ko‘ra, Massimiliano Allegri Pirloning o‘rnini egallashi aniq bo‘lib ulgurgan. Rasmiy xabar tez orada e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropaning yana grand jamoasi «Real» murabbiyi Zinedin Zidan ham ishdan ketgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring