Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zakovat-Gambit» sovrin jamg‘armasiga 600 million so‘m qo‘yildi

«Zakovat-Gambit» sovrin jamg‘armasiga 600 million so‘m qo‘yildi

2023 yilning 18-19 noyabr kunlari O‘zbekistonda III «Zakovat-Gambit» shaxmat chempionati bo‘lib o‘tadi. Turnir sovrin jamg‘armasi – 600 million so‘m!

«Zakovat-Gambit» turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Chempionatda qatnashish uchun gambit.zakovat.tv veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar o‘z reytingini hisobga olishi va tegishli guruhda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

«Hurmatli, shaxmat ixlosmandlari! Ushbu yirik shaxmat musobaqasi ishtirokchisiga aylaning va nafaqat o‘z kuchingizni sinash, balki professionallardan master-klass olish hamda xalqaro grossmeysterlar bilan shaxmat seanslarida bellashish imkoniyatini qo‘lga kiriting!», deyiladi tashkilotchilar xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring