«Zenit»ning sobiq yarimhimoyachisi Fernando Riksen vafot etdi

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sobiq yarimhimoyachisi Fernando Riksen 43 yoshida vafot etdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
«Bugun tongda Fernando Riksen olamdan o‘tdi», deyiladi xabarda.
Riksen 2013-yildan beri lateral amiotrofik sklerozdan aziyat chekib kelayotgandi.
Fernando Riksen «Zenit» safida 2007—2009-yillarda to‘p surib, 45 ta o‘yin o‘tkazgan, 2 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter