Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Butun dunyoda uch milliondan ortiq bola majburiy mehnat qilishga majbur

Butun dunyoda uch milliondan ortiq bola majburiy mehnat qilishga majbur

Urushlar, qashshoqlik va iqlim ofatlari sharoitida majburiy mehnat tuzog‘iga tushgan bolalar soni o‘sishda davom etmoqda. Xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘ylab 3,3 milliondan ortiq bola ko‘pincha xavfli va og‘ir sharoitlarda – shaxtalarda, konlarda, fabrikalarda va shaxsiy uylarda ishlashga majbur.

Ayniqsa, Bangladesh, Suriya va Kongo Demokratik Respublikasi kabi davlatlarda vaziyat xavotirga solmoqda. Majburiy mehnat tizimiga kirgan barcha bolalarning yarmi fohishalik, odam savdosi va fohishaxonalar orqali jinsiy ekspluatatsiya qurboniga aylanadi. Ayniqsa, ota-onasiz qochqin bolalar, nogiron bolalar va mehribonlik uylaridagi bolalar xavf ostida.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2005-yildan 2022-yilgacha 105 mingdan ortiq bola qurolli guruhlarga majburan jalb qilingan. Ular askar, sapyor yoki tirik qalqon sifatida ishlatiladi.

"Qizlar ko‘pincha turmushga chiqishga majburlanadi yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi", - deydi ekspertlar.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining ogohlantirishicha, daromadi past bo‘lgan mamlakatlarda odam savdosidan jabr ko‘rgan har ikkinchi odam bola ekanligi haqida ogohlantirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring