Davlat organlari va tashkilotlari korrupsiyaga qarshi qanday kurashayotgani baholandi

Davlat organlari va tashkilotlarining 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha 103 ta davlat tashkilotining (jumladan, 14 tasi ilk marotaba, 89 tasi esa takroran) 2024-yildagi faoliyati 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholashdan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, davlat tashkilotlari faoliyating samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:
- 41 tasi «yaxshi» — (81-100 ball);
- 53 tasi «qoniqarli» — (55-80 ball);
- 9 tasi «qoniqarsiz» — (55 balldan past).
Tahlillar ko‘rsatishicha, 2024-yil reyting natijalari o‘rtacha 73,8 ballni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 4,9 ballga (95 ta davlat tashkiloti tomonidan o‘rtacha 68,9 ball), 2022-yilga nisbatan esa 14,3 ballga (62 ta davlat tashkiloti tomonidan 59,5 ball) oshgan.
Shuningdek, ijobiy natijani qayd etgan davlat tashkilotlarida o‘tgan davr mobaynida korrupsiyaga oid jinoyatlar soni kamayishiga erishilgan.
2023-yilgi reyting baholashda «qoniqarsiz» deb topilgan 13 ta davlat tashkiloti faoliyatida o‘sish kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter