Yashash uchun eng yaxshi va yomon shaharlar aniqlandi. Toshkent ham bu ro‘yxatda bor
![Yashash uchun eng yaxshi va yomon shaharlar aniqlandi. Toshkent ham bu ro‘yxatda bor](http://static.xabar.uz/crop/8/1/720_460_95_812104186.jpg)
«Mercer» konsalting kompaniyasi yashash uchun eng yaxshi va og‘ir sharoitli shaharlar ro‘yxatini tuzdi. Umrguzaronlik qilish uchun kerakli sharoit, jamoat transporti va boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olindi.
Venaliklar — dunyodagi eng baxtli insonlar. Avstriya poytaxti yashash uchun kerakli barcha sharoitlarga ega shaharlar yetakchici. Syurix va Vankuver haqida ham xuddi shunday deyish mumkin
Eng yaxshi shaharlar:
- Vena (Avstriya)
- Syurix (Shveysariya)
- Vankuver (Kanada)
- Myunxen (Germaniya)
- Oklend (Yangi Zelandiya)
- Dyusseldorf (Germaniya)
- Frankfurt (Germaniya)
- Kopengagen (Daniya)
- Jeneva (Shveysariya)
- Bazel (Shveysariya).
Ne ne ulkan saltanatlarga poytaxt bo‘lgan afsonaviy Bag‘doddan bugun asar ham qolmagan. Konsalting kompaniyasi Bag‘dodni hayot sifati bo‘yicha eng yomon shahar deb topdi. Iroq poytaxti 231-o‘rinda (ro‘yxatning oxirida).
Hatto Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti Bangi ham Bag‘doddan bitta oldinda.
Yaman poytaxti Sana esa 229-o‘rinda joylashdi.
Eng yomon shaharlar
- Bag‘dod (Iroq, 231-o‘rin)
- Bangi (MAR, 230)
- Sana (Yaman, 229)
- Port-o-Prens (Gaiti, 228)
- Xartum (Sudan, 227)
- Njamena (Chad, 226)
- Damashq (Suriya, 225)
- Brazzavil (Kongo, 224)
- Kinshasa (Kongo DR, 223)
- Konakri (Gvineya, 222).
«Mercer» ro‘yxatida poytaxtimiz va «yaqin xorij» shaharlari ham bor: Vilnyus 81-o‘rinda, Tallin 86, Riga 90, Istanbul 130, Moskva 167, Olmaota 177, Boku 195, Toshkent 203, Bishkek 206, Ashxobod 211, Dushanbe 215-o‘rinda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter