Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon iqtisodiyoti so‘nggi 30 yilda: AQSh yanada kuchaydi, Yaponiyaning roli Xitoyga o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti so‘nggi 30 yilda: AQSh yanada kuchaydi, Yaponiyaning roli Xitoyga o‘tdi

Foto: Depositphotos

AQShning jahon iqtisodiyotidagi ulushi so‘nggi 30 yilda (1995-yildan 2025-yilgacha) yanada oshdi.

Global iqtisodiyotda Qo‘shma Shtatlarning ulushi (yalpi ichki mahsulot) 1995-yilda 24,41 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda 26,84 foizga yetdi.

Iqtisodiy taraqqiyot bobida 90-yillarda AQShning asosiy ta’qibchisi hisoblangan Yaponiya hozirda bor-yo‘g‘i 3,68 foiz ulush bilan 5-o‘rinda (Kunchiqar yurtning ko‘rsatkichi 1995-yilda 17,72 foiz edi).

Ta’qibchi roli endi Xitoyga o‘tgan — ko‘rsatkichlari ham 30 yil oldingi Yaponiyanikiga juda yaqin — 16,92 foiz.

Jadal sur’atlarda rivojlanayotgan Hindistonni yaqin yillarda kuchli uchlikda ko‘rsak ajablanmaymiz.

Garchi Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya hamon yetakchi sakkizlikda turgan bo‘lsa-da, jahon iqtisodiyotida ularning ulushi ancha kamayganini yuqoridagi raqamlar ko‘rsatmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring