Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayyalar tanazzulining siri ochildi

Mayyalar tanazzulining siri ochildi

Foto: Mark Brenner

Mayyalar sivilizatsiyasi ketma-ket davom etgan qurg‘oqchiliklar sababli tanazzulga yuz tutgan, deyishmoqda olimlar. Meksika g‘orlaridan biridagi stalagmit (mineral) tahlil qilinganida, olis o‘tmishda mayyalar to‘xtovsiz 13 yil davom etgan qurg‘oqchilikni boshdan o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Science Advances jurnalida chop etilgan maqolada shu haqda batafsil so‘z yuritilgan.

Kembrij universiteti olimlari Yukatan yarimorolining shimolidagi g‘orlardan birida topilgan Tzab06-1 stalagmitini o‘rganishdi. Va milodiy 870–1100-yillar oralig‘idagi mineral yotqiziqlarni tahlil qilib, birinchi marta o‘rtacha bir yillik emas, balki alohida — qurg‘oqchilik va nam mavsumlardagi yog‘ingarchilik miqdorini baholashga muvaffaq bo‘lishdi.

Foto: Mark Brenner

Ko‘rsatilgan davrda har biri kamida uch yildan davom etgan sakkizta yomg‘irli va qurg‘oqchilik mavsumi kuzatilgan. Eng uzoq cho‘zilgan qurg‘oqchilik 13 yilni tashkil etib, 929-yildan 942-yilgacha davrni o‘z ichiga oladi. Mayyalar suv resurslarini boshqarishning ilg‘or usullaridan xabardor edi, shunga qaramasdan, uzoq davom etgan qurg‘oqchilik alaloqibat ularni yo‘qlikka ravona, deb xulosa qilishdi olimlar.

Foto: Mark Brenner

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring