Ot minish qachondan boshlangani aniqlandi
Jahondagi 113 ta ilmiy muassasa olimlaridan iborat guruh odamlar otlardan transport sifatida qachondan foydalanishni boshlaganini aniqladi. Insoniyat tarixida yangi davrni ochib bergan ushbu voqea tafsilotlari Nature jurnalida e’lon qilindi.
Olimlar otlarning butun Yevroosiyo bo‘ylab topilgan arxeologik qoldiqlarini o‘rganishdi. Yilqichilikning uch asosiy ko‘rsatkichi: tarqalishi, seleksiyasi va sonini o‘rganish maqsadida qadimgi DNK namunalari, radiouglerodli tekshirish natijalari solishtirildi.
Har uch ko‘rsatkich taxminan 4,2 ming yil avval o‘zaro tutashgani ma’lum bo‘ldi. Olimlarning fikricha, aynan shu davrdan otlarni minadigan jonivor sifatida ommaviy tarzda ko‘paytirish boshlanib, savdo-sotiq jarayonlari va yangi hududlarni o‘zlashtirish ancha jonlangan.
Ushbu tarixiy voqea jo‘g‘rofiy hududi hozirgi Qozog‘iston shimolidagi Botay hududiga to‘g‘ri keladi.
Otlarni qo‘lga o‘rgatish tarixi bundan ham ko‘hnaroq — 5 500 yillar avval yuz bergani ta’kidlanmoqda. Ammo uzoq vaqt bu jonivorlar transport vositasi emas, balki go‘sht va sut manbasi bo‘lib kelgan.
XX asr boshiga qadar otlar quruqlikda harakatlanishning eng tezkor vositasi bo‘lib kelgan, deyiladi tadqiqotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter