Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston o‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichi bo‘yicha Markaziy Osiyoda peshqadam ekani aytildi  

O‘zbekiston o‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichi bo‘yicha Markaziy Osiyoda peshqadam ekani aytildi  

Hozirgi kunlarda O‘zbekistondagi o‘smirlarning salomatlik holatiga oid so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ularda barcha sabablardan o‘lim darajasi 100 000 kishiga 47,2 ni tashkil etadi. Bu haqda SSVning 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida o‘smirlar salomatligi va farovonligini mustahkamlash bo‘yicha Milliy Harakatlar Strategiyasida ma’lum qilindi.

Shuningdek, yo‘l-transport jarohatlari 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘limining birinchi sababi bo‘lib, OIV/OITS, sil va oshqozon-ichak kasalliklarini birlashtirgandan ko‘ra ko‘proq o‘limga olib keldi. O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi darajasi Yevropa mamlakatlariga qaraganda to‘rt baravar yuqori.

O‘smirlar salomatligi uchun muhim  masalalar omon qolish va jismoniy o‘sish bilan cheklanib qolmay, balki ularning psixologik-ijtimoiy rivojlanishi va ruhiy salomatligini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekistonda 10-18 yoshli o‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilish va o‘z-o‘ziga zarar yetkazish oqibatida o‘lim darajasi Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

2016-yilda o‘z joniga qasd qilish va o‘zini o‘zi qasddan jarohatlash oqibatida vafot etganlarning eng katta qismini 15-19 yoshdagi o‘g‘il-qizlar tashkil etdi. 10-19 yoshlilar guruhida o‘z joniga qasd qilish va o‘zini o‘zi qasddan jarohatlash natijasida o‘lgan erkaklarning qariyb 74 foizini 15-19 yoshdagi o‘g‘il bolalar, shu yosh guruhidagi (10 – 19 yosh) qizlar esa o‘z joniga qasd qilganlar va o‘zini o‘zi qasddan jarohatlash oqibatida o‘lgan ayollarning qariyb 80 foizini tashkil etadi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring