O‘zbekistonga to‘rt oyda 3,1 mln xorijlik turist keldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–aprel oylarida jami 3,1 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga keldi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 987,9 ming nafarga yoki 46,4 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha:
- Qirg‘iziston — 942,2 ming nafar
- Tojikiston — 793,9 ming nafar
- Qozog‘iston — 617,2 ming nafar
- Rossiya — 240,1 ming nafar
- Afg‘oniston — 156,6 ming nafar
- Turkmaniston — 109,6 ming nafar
- Turkiya — 49,4 ming nafar
- Xitoy — 38,1 ming nafar
- Hindiston — 22,6 ming nafar
- Italiya — 11,1 ming nafar
- Boshqa davlatlar — 136,8 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter