Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorong‘uda baxtini yo‘qotmaganlar: ikki oy quyosh ko‘rmaydigan shahar haqida (foto)

Qorong‘uda baxtini yo‘qotmaganlar: ikki oy quyosh ko‘rmaydigan shahar haqida (foto)

Foto: «34travel»

Tromsyo (Norvegiya) — Qutb mintaqasida joylashgan eng yirik shaharlardan. Yilda ikki oy shahar zulmatga cho‘kadi: qutb oqshomi boshlanadi. Ikki oy davomida 77 ming nafar tromsyoliklar kuniga nari borsa uch soat quyoshning o‘zinimas faqat shu’lasini ko‘rishadi. Shahar zulmatga botgani bilan odamlari baxtli. Nega? Bu haqda «InsideHook» yozmoqda.

Tromsyo Norvegiya shimolida joylashgan.
Tromsyoda dekabr, kunduzi. Foto: «Wikimedia Commons»

Har yili dunyoda millionlab odamlar qish paytlari kunduzgi yorug‘lik yetishmovchiligi oqibatida mavsumiy affektiv zo‘riqishlardan aziyat chekishadi. Bu sindrom Tromsyoga xos emas. Stenford universiteti psixologi Kari Lyubovits Tromsyo va boshqa norveg shaharlari aholisi bilan suhbatlashdi. Nega «qishki depressiya» ularni bezovta qilmaydi?

Osmon qorong‘u, uylar charog‘on. Foto: «Wikimedia Commons»

Lyubovitsning testida qishni yaxshi ko‘raman deguvchilar eng yuqori ballarni oldi. Norveglar esa xuddi shunday. Bundan psixologning xulosasi, norveglarning siri shuki — ular pozitiv fikrlashga odatlanishgan. Shimol xalqi qishni yaxshi ko‘rishiga sabab bitta — ularda boshqa tanlov imkoniyati yo‘q, serquyosh emas — ammo bu ularning vatani.

Aksariyat norveglarda shakllangan instinkt siri shundaki, qishdan chiqib olish uchun undan bekinish aslo kerak emas, balki uni munosib kutib olishga hozirlanish lozim, deydi psixolog.

Norveglar ko‘p vaqtni toza havoda o‘tkazishadi, chang‘i uchishadi, hech bo‘lmaganda piyoda sayr qilishadi. Bunaqa hayot tarzi salomatlik uchun koni foydaligi isbotini topgan. Inson harakatlanganida organizmida moddalar almashinuvi tezlashadi, suyaklar holati yaxshilanadi, uyqu sifati ta’minlanadi. Hatto miya ham yaxshiroq ishlaydi.

2019-yilgi tadqiqotga ko‘ra, uzoq va sog‘lom yashash uchun haftasiga 120-300 daqiqa toza havoda sayr qilish (kuniga 17-43 daqiqa atrofida) kifoya ekan.

P.S. Norveglarning qishni yaxshi ko‘rishiga boshqa sabab ham bor... (suratlarga qarang). 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring