Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023/2024-o‘quv yilida abituriyentlar qaysi fanlardan test topshirishi aniq bo‘ldi

2023/2024-o‘quv yilida abituriyentlar qaysi fanlardan test topshirishi aniq bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

2023/2024-o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun imtihon fanlari majmuasi tasdiqlandi.

To‘liq ro‘yxat ushbu havolada.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlandi.

2023/2024-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Ma’lumot uchun: Prezidentning 279-son qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasini tasdiqlash vakolati berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring