Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3,5 mingga yaqin abituriyent testga kelmadi

3,5 mingga yaqin abituriyent testga kelmadi

Foto: «O‘zA»

AOKAda o‘tayotgan brifingda test sinovlarining 1-kuni 1-smenasidagi holat bo‘yicha DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lumot berib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

1-smena 59250 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgan edi. Shundan 55767 nafari ishtirok etdi. 3474 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra testga kelmadi.

1 nafar abituriyentning tana harorati baland bo‘lganligi uchun testga kiritilmadi va dalolatnoma tuzildi.

8 nafar abituriyent kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi. Xususan, ularning 4 nafari telefon, 1 nafari shpargalka, 2 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan, 1 nafari hujjatni soxtalashtirgani uchun chetlashtirilgan.

Test sinovlari jarayonlarida tartib-qoidani buzganligi uchun 29 nafar abituriyent testdan chetlashtirildi. Jumladan, ularning 26 nafari telefon va boshqa turli elektron vositalardan foydalangani uchun, 1 nafari shpargalka, 1 nafari kalkulyator va 1 nafari soxta hujjat bilan testga kirgani uchun chetlashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring