«61-maktabdagi voqea»: mas’ullar qattiq ogohlantirildi
Samarqand viloyatining Urgut tumanida maktab direktori o‘quvchining qulog‘iga urishi oqibatida uning quloq pardasi yirtilgani haqida xabar berilgandi.
Bugun, 19-oktyabr kuni Urgut tumani sektor rahbarlari ushbu holat yuz bergan Sanchiqul mahallasidagi 61-umumta’lim maktabiga kelib, masalani muhokama qilishdi.
Tuman hokimi Botir Jabborov o‘quvchilarning har jihatdan yetuk va barkamol, yurt kelajagiga munosib yuksak ma’naviyatli, keng tafakkur egalari sifatida kamol topishi uchun bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini ta’kidlagan.
Ushbu holatning sodir etilishiga olib kelgan shart-sharoitlar tuman sektor rahbarlari tomonidan batafsil muhokama etilib, mas’ullar qattiq ogohlantirildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter