Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasi test savollarini e’lon qilishni boshlaydi

Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasi test savollarini e’lon qilishni boshlaydi

Foto: DTM

«Ma’rifat» gazetasi 20-may sonidan boshlab Davlat test markazi bilan hamkorlikda aprobatsiyadan o‘tgan test savollarini e’lon qila boshlaydi.

«Karantin munosabati bilan barcha ta’lim muassasalari qatori, o‘quv markazlari ham onlayn faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ayrim abituriyentlarning o‘qishga tayyorlanishiga muayyan darajada qiyinchilik tug‘dirgani tabiiy. Shu sababli, gazetamiz bu boradagi bo‘shliqni ma’lum darajada to‘ldirishga hissa qo‘shmoqchi. Ya’ni, keyingi sonlardan (20-may sonidan) boshlab Davlat test markazi bilan hamkorlikda aprobatsiyadan o‘tgan test savollarini e’lon qilishni boshlaymiz. Testlar saytimiz va telegram kanalimizda berilmaydi. Gazetaga obuna bo‘lishni xohlovchilar «Matbuot tarqatuvchi» va «O‘zbekiston pochtasi»ning hududiy filiallariga murojaat qilishlari mumkin. Hududiy filiallar telefon raqamlari quyidagi jadvalda havola qilingan, – deyiladi gazeta xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring