Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan sanalar ma’lum qilindi

Abituriyentlar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan sanalar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili uchun davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi. 

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi:

  • 1-smena soat 08:00 da;
  • 2-smena 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin belgilangan hududga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan yetib kelishlari talab etiladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga ruxsatnoma my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda. Agentlik o‘qishga topshirganlardan o‘zlariga tegishli ruxsatnomani yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘radi.

Ruxsatnomada belgilanmagan boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring