Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10-iyulgacha (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish DTMning rasmiy veb-sayti – my.dtm.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi.

Abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring