Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akademik litseylarning boshqa hududlardan kelgan o‘quvchilari uch mahal imtiyozli ovqatlantiriladi

Akademik litseylarning boshqa hududlardan kelgan o‘quvchilari uch mahal imtiyozli ovqatlantiriladi

Foto: «Sensorika»

Akademik litsey yotoqxonasida yoki boshqa turar joylarda ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar uch mahal imtiyozli ovqatlantiriladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilgan.

Aytilishicha, akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra akademik litseylardan uzoq hududlardan qabul qilingan o‘quvchilar (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan, akademik litsey yotoqxonasida yoki boshqa turar joylarda ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar) uch mahal imtiyozli ovqatlantiriladi.

O‘quvchilarni imtiyozli ovqatlantirish xarajatlarini qoplashga o‘quvchilarning ota-onalari bir oy uchun eng kam ish haqining 1 barobari miqdorida to‘lov amalga oshiradilar. Xarajatlarning qolgan qismi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar ularning ota-onalari murojaatlariga asosan faqat bir mahal, ya’ni tushlik ovqatlanishdan foydalanishlari ham mumkin. Bunda bir oyga to‘lov eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida bo‘ladi.

Akademik litsey yotoqxonasida yashaydigan yoki boshqa turar joylarda ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar ro‘yxati har o‘quv yilining 10 sentyabrdan kechiktirmasdan akademik litseyning ma’muriyati tomonidan shakllantirilib, akademik litsey direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi hamda o‘quvchilarga imtiyozli ovqatlanish kartochkasi beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring