Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi

Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.

Shu maqsadda Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi.

Ular «Yoshlar biznesi» dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, «Kelajakka qadam» orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.

Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy ta’lim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog‘laydigan platformani ishga tushiradi.

Bandlik, Maktab, Oliy ta’lim vazirliklari «Harakatda daromad» elektron tizimini yaratib, ta’tildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi.

Har yili yuqori sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga qiziqtirish va ko‘maklashish maqsadida «Mening kasbim» respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring