Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim talabalarga yotoqxonaga qabul qilishda imtiyozlar beriladi. Ular kimlar?

Ayrim talabalarga yotoqxonaga qabul qilishda imtiyozlar beriladi. Ular kimlar?

Ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadigan talabalar ro‘yxati e’lon qilindi. Ular quyidagilar:

—«Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilari, qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;

—«Ijtimoiy himoya yagona reyestri», «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda «Yoshlar daftari»dagi talabalar;

— I va I guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;

— bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;

— xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan Respublika fan
olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

—«Yil talabasi» va «Talabalar teatr studiyalari» ko‘rik-tanlovlarining Respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;

—oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Zakovat» intellektual o‘yinining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar;

—talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari bo‘lgan talabalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring