Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasida sirtqi ta’lim ochiladi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasida sirtqi ta’lim ochiladi

Foto: «Krasnoyarsk.bezformata.com»

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasida sirtqi ta’lim tashkil etiladi. Bu boradagi tegishli qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, sirtqi ta’limda o‘qish muddati:

– Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA) mutaxassisligi bo‘yicha – 2 yil;

– Loyiha boshqaruvi (Project management – PM) mutaxassisligi bo‘yicha – 1,5 yil.

Sirtqi ta’limga qabul qilingan tinglovchilarga o‘rnatilgan tartibda plastik karta ko‘rinishiga ega bo‘lgan, ularning Oliy maktab talabasi ekanligini tasdiqlovchi – ID kartalar beriladi.

Ta’kidlanishicha, sirtqi ta’limda masofaviy o‘qitish tinglovchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda o‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil masofadan turib o‘zlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin.

Hujjat loyihasi muhokamasi joriy oyning 18 sanasiga qadar ochiq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring